Koronavirusga qarshi kurash strategiyasini qayta ko’rib chiqish kerak, chunki vaziyatni faqatgina infeksiyalar soni to’g’risidagi ma’lumotlar asosida baholash mumkin emas.

Foto: Google

Ushbu fikr bilan nemis virusologi, Bonn universiteti Virusologiya va OIV tadqiqotlari instituti rahbari, professor Xendrik Shtrek o’rtoqlashdi, deb xabar bermoqda Welt am Sonntag nashri.

“Vaziyatni baholashda biz faqat infeksiyalar soni bilan cheklanib qolmasligimiz kerak”, – deya shifokor ishontirdi.

Xendrik Shtrekning so’zlariga ko’ra, hech kim “pandemiya bilan kurashishning yagona to’g’ri usulini” bilmaydi. Shu tariqa virusolog “hayotni to’xtatishga yo’l qo’yib bo’lmaydi” deb hisoblamoqda.

Uning so’zlariga ko’ra, Germaniya va boshqa Yevropa mamlakatlarida koronavirus bilan kasallanish ko’payganiga qaramay, o’lim ko’rsatkichi oshganligini aytish qiyin.

Shifokor mavjud bo’lgan har qanday usul bilan infeksiyalarni ko’payishini oldini olishga chaqirdi, ammo shu bilan birga kasallik soni haqidagi ma’lumotlarni boshqacha talqin qildi.

“Ijtimoiy nuqtai nazardan, alomatlarsiz yuqtirish holatlari yomon emas. Odamlar alomatlarsiz qancha ko’p kasallik yuqtirib olsa, shunchalik ko’p – hech bo’lmaganda qisqa vaqt ichida ular immunitetga ega bo’lishadi. Ular endi pandemiyaga hissa qo’sha olishmaydi”, – deya qo’shimcha qildi professor.

Mavzuga doir:
Kuz faslida tug‘ilgan bolalarda jiddiy kasalliklarga moyillik aniqlandi
Miya o‘tkir saratonining asosiy belgisi topildi

So’nggi ma’lumotlarga ko’ra, dunyoda 28 milliondan ortiq koronavirus virusi yuqtirilgan, ulardan 919 ming nafari infeksiya tufayli vafot etganlardir.