Rossiyada COVID – 19 koronavirusining to’rtta yangi holati qayd etildi, deb xabar beradi Rossiyada koronavirus infeksiyasining tarqalishini oldini olish bo’yicha federal shtab. Bu haqida “Interfax” xabar bermoqda.

Foto: TASS

Uchtasi Lipetskda, bittasi Sankt-Peterburgda aniqlandi. So’ngi ikki hafta ichida barcha fuqarolar Italiyaga borib kelishgan

Shunday qilib, Rossiya Federatsiyasida ro’yxatga olingan COVID – 19 holatlarining umumiy soni 14 taga yetdi, deyiladi nashr xabarida.

Qolgan 10 ta holat: yanvar oyi oxirida tashxis qo’yilgan ikkita Xitoy fuqarosi (ikkalasi ham 12 fevralda tuzalganligi aytiladi), Italiyadan qaytgan yetti Rossiya fuqarosi (bittasi 7 mart kuni davolanishdan bo’shatilgan)

Yana uchta bemor Rossiya uchun rasmiy statistik ma’lumotlarga kiritilmagan: bular Yaponiyaning qirg’oqlaridan “Diamond Pricess” layneridan Qozonga evakuatsiya qilinganlar.