Yaponiyalik Naomi Osaka karerasida ikkinchi marta tennis bo‘yicha AQSh Ochiq chempionatida g‘oliblikni qo‘lga kiritdi, deya xabar berdi RIA Novosti.

Foto: Championat

Finalda Osaka belarus Viktoriya Azarenkoga qarshi kortga chiqib, 1:6, 6:3, 6:3 hisobda uni yengdi. Sportchilar kortda 1 soatu 53 daqiqa bellashishdi.

22 yoshli tennischi 2018-yilda ham US Openda g‘olib bo‘lgandi. O‘shanda finalda yaponiyalik sportchiga mag‘lub bo‘lgan Serena Uilyams hakamlar qaroriga qarshi chiqib, janjal ko‘targan. U hakamlar ishidan noroziligini bildirib, ularni o‘g‘riga chiqargan.

Osaka dunyodagi eng ko‘p maosh oladigan sportchi ayol sifatida tan olingan.

Mavzuga doir:
Naomi Osaka eng ko’p maosh oladigan ayol sportchiga aylandi

O‘tgan yili u $37,4 mln. ishlab topgan. Bu Serena Uilyamsning maoshidan $1,4 mln., Mariya Sharapovaning $29,7 millionlik rekordidan esa ancha ko‘p.