Sud Jinoyat kodeksining 159-moddasining 1-qismi va 244-moddasi 3-qismi “g” bandi bilan aybdor deb topdi.

Foto: RIA Novosti

Joriy yilning mart oyida Xorazm viloyati IIB va DXX Xorazm viloyati boshqarmasi bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda Bog‘ot tumanida yashovchi 25 yoshli D.A. qo‘lga olingan.

U ijtimoiy tarmoqlardagi O‘zbekiston Respublikasida taqiqlangan ekstremistik oqimlar ta’siriga tushib qolgan. Ularning buzg‘unchi g‘oyalarini internet tarmog‘i orqali tengdoshlari orasida tarqatib kelgan va yashirin, virtual jamoat tuzishga uringan.

Uning mobil telefoni xotirasidan ekstremistik oqimlarga mansub shaxslarning audio va video ma’ruzalari, videoroliklar topilgan. Huquq-tartibot organlari tomonidan o‘z vaqtida ko‘rilgan chora-tadbirlar natijasida D.A. ning noqonuniy xatti-harakatlarni oldi olindi.

Jinoyat ishlari bo‘yicha Xorazm viloyati sudida D.A. aybiga iqror bo‘lib, barcha qilmishlariga chin dildan pushaymon ekanini ma’lum qildi.

Sud D.A.ni Jinoyat kodeksining 159-moddasining 1-qismi va 244-moddasi 3-qismi “g” bandi bilan aybdor deb topdi.

Mavzuga doir:
Endi fuqaro sudga “SMS” xabar orqali chaqiriladi
“Volkswagen” sobiq rahbari sudga chaqirildi
Xalq ta’limi vazirligi sobiq deputat Qobul Dusovni sudga berdi

Sud unga jazo tayinlashda aybiga to‘liq iqror ekanini, pushaymonligini, yosh va oila qurmaganini, ilgari sudlanmaganini inobatga olib, yengilroq jazo tayinlashni lozim topdi.

D.A. ga 3 yilu 6 oy muddatga ozodlikni cheklash jazosi belgilanib, sud zalidan ozod qilindi.