Mazkur YTH yuzasidan Uchko‘prik tumani IIB huzuridagi TB tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Bu haqda IIV YHXBB axborot xizmati xabar qildi.

Foto: IIV axborot xizmati

Joriy yilning 13-sentabr kuni soat 01:45 larda, Farg‘ona viloyati, Uchko‘prik tumani, Mehnatobod MFY hududidan o‘tgan A-373 “Toshkent-O‘sh” avtomobil yo‘lining 335-kilometrida, haydovchi, 1993-yilda tug‘ilgan X.T. “Isuzu” rusumli yuk avtomobilini boshqarib ketayotib, ehtiyotsizligi oqibatida o‘zi bilan bir yo‘nalishda, oldinda harakatlanib ketayotgan velosipedchi, 1983 yilda tug‘ilgan X.T. ni urib yuborgan.

Natijada, velosipedchi 37 yoshli X.T. og‘ir tan jarohatlari olib shifoxonada vafot etgan.

Mavzuga doir:
Qarshida “Damas” urib yuborgan velosipedchi shifoxonada vafot etdi
Navoiyda YTHga uchragan mast velosipedchi shifoxonada vafot etdi
Bulung‘urda yo‘lda mast holda yotgan 20 yoshli yigitni “Nexia” bosib ketdi

Mazkur YTH yuzasidan Uchko‘prik tumani IIB huzuridagi TB tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.