Ukrainada prezident Vladimir Zelenskiyni kuch bilan agʻdarib tashlash jarayoni boshlandi, buning ustida sobiq prezident Pyotr Poroshenko jamoasi ish olib bormoqda. Bu haqda “Muxolifat partiyasi – Hayot uchun” partiyasidan Rada deputati Renat Kuzmin “ZIK” telekanali efirida maʼlum qildi.

Foto: REUTERS / Stringer

“Davlat hokimiyati va huquqni muhofaza qiluvchi organlarda, ham kuch tuzilmalarida, jumladan, ham armiyada amaldagi prezidentdan norozi va ular uchun qulay fursatda davlat toʻntarilishiga qoʻshilishga tayyor boʻlgan yetarlicha katta guruh mavjud”, – dedi deputat.

Kuzminning taxmin qilishicha, sobiq prezident fraktsiyasi tez orada amaldagi hokimiyat xatti-harakatlarini tekshirishga oid tergov komissiyasini tuzish uchun “soxta imzo toʻplashni” uyushtiradi, muvafaqqiyatsizlikka uchragach, amaldagi parlamentni layoqatsizlikda ayblaydi va odamlarni koʻchaga chiqishga chorlaydi.

Mavzuga doir:
Shavkat Mirziyoyev Ukraina prezidentini tabrikladi
Zelenskiy uyini sotib, o’z qarorgohiga ko’chib o’tdi