Mazkur YTH yuzasidan Qarshi tumani IIB huzuridagi Tergov bo’limi tomonidan tergovoldi surishtiruv harakatlari olib borilmoqda. Bu haqda IIV YHXBB axborot xizmati xabar qildi.

Foto: IIV axborot xizmati

Joriy yilning 13-sentyabr kuni soat 01:30 larda, Qashqadaryo viloyati, Qarshi tumani, “Istiqlol” MFY hududidan o‘tgan 4R-92 avtomobil yo‘lining 7-kilometrida, haydovchi, 1995-yilda tug‘ilgan F.Ch. “Damas” rusumli avtomobilni boshqarib ketayotib, yo‘lning belgilanmagan joyidan kesib o‘tayotgan velosipedchi, 1963-yilda tug‘ilgan F.B.ni urib yuborib, YTH sodir etgan.

Natijada, velosipedchi 57 yoshli F.B. og‘ir tan jarohatlari olib shifoxonada vafot etgan.

Mavzuga doir:
Navoiyda YTHga uchragan mast velosipedchi shifoxonada vafot etdi
Farg’onada yuk mashinasi bosib ketgan 6 yoshli bola vafot etdi
Chustda “BMW” ishtirokidagi YTHda ikki yo’lovchi halok bo’ldi

Mazkur YTH yuzasidan Qarshi tumani IIB huzuridagi TB tomonidan tergovoldi surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

Ma’lumot o‘rnida, “Damas” rusumli avtomobil haydovchisi F.Ch. bir yil mobaynida bir marotaba qoidabuzarlik sodir etgan.