Nizomga ko‘ra, Agentlikning qabul qilgan qarorlari davlat organlari, boshqa tashkilot va ularning mansabdor shaxslari, shuningdek, fuqarolar uchun bajarilishi majburiy hisoblanadi.

farmon qaror Tasdiqlash kelishuv imzo
Foto: Sof

Agentlik yuridik shaxs hisoblanib, o‘z nomi yozilgan va Davlat gerbi tasviri tushirilgan muhr va blankalarga, mustaqil balansga, shaxsiy g‘azna hisobvaraqlariga, bank hisobvaraqlariga ega bo‘ladi.

Agentlik tizimiga agentlikning markaziy apparati, hududiy bo‘linmalari, Yoshlar muammolarini o‘rganish va istiqbolli kadrlarni tayyorlash instituti, “Yoshlar media xoldingi” AJ kiradi.

Hududiy bo‘linmalar (tumanlar va shaharlar bo‘limlari bundan mustasno) yuridik shaxs tashkil etgan holda faoliyat yuritadi.

Agentlikning asosiy vazifalaridan biri yoshlar bilan bog‘liq soha va yo‘nalishlarda yagona davlat siyosatini, strategik yo‘nalishlar va davlat dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirish hisoblanadi.

Mavzuga doir:
Yoshlar ishlari agentligi Xorazm viloyat boshqarmasiga rahbar tayinlandi
Yoshlar ishlari agentligi direktorining o‘rinbosarlari tayinlandi
Yangi tashkil etilgan Yoshlar ishlari agentligiga rahbar tayinlandi

Ma’lumot uchun, Yoshlar ishlari agentligi Prezidentning 2020-yil 30-iyundagi farmoni bilan tashkil etilgan bo‘lib, yoshlar bilan bog‘liq sohalarda yagona davlat siyosatini ishlab chiqish va amalga oshirish asosiy vazifasi etib belgilangan.