Afgʻoniston sharqidagi Kapisa provinsiyasida jangarilar hujumi oqibatida besh nafar politsiya xodimi halok boʻldi, yana yetti kishi jarohat oldi. Bu haqda Tolo News telekanali mintaqa politsiya boshligʻi vakiliga tayangan holda xabar qilmoqda.

Foto: Tolo news

​Xabar qilinishicha, halok boʻlganlardan biri jinoyat qidiruv tergovchisi. Hujum qilganlar “Tolibon” radikal harakat jangarilari ekani aytilmoqda.

Eslatib o’tamiz, kuni kecha Dohada Afgʻoniston hukumati va toliblar oʻrtasida muzokaralar boshlangani haqida xabar bergan edik.

Shuningdek, AQShning Afgʻoniston boʻyicha maxsus vakili Zalmay Halilzod AQSh bir-ikki oydan soʻng Afgʻonistondagi harbiy kontingenti sonini 4,5 ming nafargacha qisqartirishi haqida maʼlum qildi.

Mavzuga doir:
Toliblar 16 nafar afg’on askari va politsiyasini o’ldirdi – OAV

Fevral oyi oxirida Qatarda boʻlib oʻtgan marosimda AQSh va “Tolibon” radikal xarakati 18 yildan ortiq davom etgan urushdan soʻng birinchi marta tinchlik bitimini imzolagan edi.