Rostov viloyati Kamensk-Shaxtinsk shahridagi lagerda joylashtirilgan 930 nafar Oʻzbekiston fuqarolari kuni kecha Vatanga joʻnab ketdi.

Foto: Namangan viloyati hokimligi axborot xizmati

Sputnik xabariga ko’ra, respublika fuqarolari uchun maxsus poyezd tashkil etilgan.

“Bugun Oʻzbekistonga 930 kishi joʻnab ketdi”, – deya maʼlum qilgan RIA Novosti suhbatdoshi.

Uning soʻzlariga koʻra, poyezd joʻnab ketgandan soʻng lager toʻliq dezinfeksiya qilingan.

Mavzuga doir:
Maxsus poyezd reysi orqali Samaradan mingga yaqin yurtdoshimiz olib kelindi
Transport vazirligi charter reyslar nega qimmatligini izohladi

Avvalroq Rostovda qolib ketgan oʻzbekistonliklar uchun yangi vaqtinchalik lager qurib berilgani xabar qilingan.