Eronda yangi turdagi koronavirus bilan kasallanganlar soni 5823 taga yetdi va 145 ta o’lim qayd etildi. Bu ma’lumotni bugun Sog’liqni saqlash va tibbiy ta’lim vazirligi jamoatchilik bilan aloqalar boshqarmasi boshlig’i Kiyanush Jahanpur keltirdi.

Foto: RIA novosti

“Kechadan beri 1076 ta yangi koronavirus holati aniqlandi. Virusga chalinganlar soni 5823 nafarga yetdi”, deya Eronning IRNA agentligi uning so’zlaridan iqtibos keltirmoqda. Uning qo’shimcha qilishicha, 145 kishi vafot etgan. Avvalroq 4747 ta holat va 124 ta o’lim holatlari qayd etilgan edi.

Uning so’zlariga ko’ra, “bugungi kunga qadar davolanganlar soni 1669 kishiga yetdi”. Ko’p hollarda Tehron viloyatida – 1539 ta holat. Undan keyingi o’rinlarni Qum va Gilan egallab olishdi.

Avvalroq Eron parlament deputati Fateme Rahbar shanba kuni koronavirus tufayli kelib chiqqan kasallikdan vafot etganligi haqida xabar berilgan edi.