Mazkur YTH yuzasidan Chinoz tumani IIB huzuridagi TB tomonidan Jinoyat Kodeksining 266-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. IIV YHXBB axborot xizmati bu haqda xabar qildi.

Foto: IIV YHXBB axborot xizmati

Joriy yilning 13-sentabr kuni soat 00:10 larda, Toshkent viloyati, Chinoz tumani, Ko‘tarma MFY hududidan o‘tgan M-39 “Toshkent-Termiz” avtomobil yo‘lining 858-kilometrida, haydovchi, 1986-yilda tug‘ilgan T.S. xavfsizlik kamarini taqmasdan “Nexia-3” rusumli avtomobilni boshqarib ketayotib, rul boshqaruvini yo‘qotib, yo‘lni ikkiga ajratib turuvchi beton to‘siqdan yo‘lni qarama-qarshi tomoniga o‘tib ketib, qarshisidan kelayotgan haydovchi, 1981-yilda tug‘ilgan, xavfsizlik kamarini taqmagan F.N. boshqaruvidagi ”Lacetti” rusumli avtomobil bilan to‘qnashgan.

Natijada, “Nexia-3” rusumli avtomobil haydovchisi 34 yoshli T.S., “Lacetti” rusumli avtomobil haydovchisi 39 yoshli F.N. hamda ushbu avtomobil yo‘lovchilari 40 yoshli E.X. va 25-30 yoshlardagi ayol (shaxsiga aniqlik kiritilmoqda) og‘ir tan jarohatlari olib voqea joyida vafot etishgan.

Shuningdek, “Lacetti” rusumli avtomobil yo‘lovchilari 29 yoshli K.B. va 44 yoshli Yu.H.lar tan jarohati olib shifoxonaga yotqizilgan.

Mavzuga doir:
Kosonsoyda “Nexia” urib yuborgan piyoda shifoxonada vafot etdi
Jizzaxdagi ayanchli YTH ikki kishining umriga zomin bo‘ldi
Farg’onada yuk mashinasi bosib ketgan 6 yoshli bola vafot etdi

Mazkur YTH yuzasidan Chinoz tumani IIB huzuridagi TB tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 266-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.