Shu yil 13-sentabr soat 10:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 47 042 (+192) nafarni tashkil etmoqda. Bu haqda Sog’liqni saqlash vazirligi xabar qilmoqda.

Foto: SSV axborot xizmati

Yangi kasallanish holatlarining 96 nafari Toshkent shahrida, 51 nafari Samarqand viloyatida, 17 nafari Andijon viloyatida, 9 nafari Namangan viloyatida, 8 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida, yana 8 nafari Toshkent viloyatida, 3 nafari Qashqadaryo viloyatida tana harorati ko‘tarilganligi sababli profilaktika maqsadida hamda koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Shu bilan birga, Zangiota tumanida yashagan 83 yoshli B.R. (erkak) hamda Shayxontohur tumanida yashagan 74 yoshli X.Z. (ayol), jami 388 (+2) nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etdi.

Ayni paytda yurtimizda 43 511 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (93 foiz) sog‘aygan.

Hozirda mamlakatimizda 3143 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda.