Fransiyada o‘tgan bir kecha-kunduzda koronavirusni yuqtirganlar soni 10 561 kishini tashkil etdi, bu esa rekord ko‘rsatkich hisoblanadi. Bu haqda mamlakat sanitariya agentligi ma’lumotlariga tayanib “Sante Publique” xabar berdi.

Foto: Sof UZ

Payshanba kuni Fransiyada COVID-19 bilan kasallanganlar soni bir kecha-kunduzda 9843 kishini tashkil etgandi. Shanba kuni yangi holatlarning kunlik o‘sishi ilk bor 10 minglik ko‘rsatkichdan oshdi.

Fransiyada jami 373 911 kishi koronavirusga chalingan. 30 910 kishi vafot etdi, 20 395 nafar bemor davolanmoqda.

O‘tgan hafta mobaynida 2432 kishi shifoxonaga yotqizilgan, 417 nafar bemor reanimatsiyada.

Mavzuga doir:
Fransiya ko‘chalariga “sariq nimchalilar” yana qaytdi
Koronavirus Ispaniya va Fransiyada yana shiddat bilan tarqalmoqda

So’nggi ma’lumotlarga ko’ra, dunyoda 28 milliondan ortiq koronavirus virusi yuqtirilgan, ulardan 919 ming nafari infeksiya tufayli vafot etganlardir.