Chikago hududida to’y paytida besh yoshli bola baxtsiz hodisa tufayli vafot etdi. Bu haqda New York Post politsiyaga tayanib xabar berdi.

Foto: RIA Novosti

Bolaning oilasi to’y uchun Illinoys shtatining Glenvyu shahridagi Drake mehmonxonasiga kelgan.

To’y paytida bola granit stol ustiga chiqmoqchi bo’lgan va orqaga qaytib, muvozanatni saqlash uchun uning chetidan ushlashga harakat qilgan. Natijada, stol usti uning boshiga ag’darilib, og’ir tan jarohati yetkazgan.

Bola mahalliy kasalxonaga yetkazilgan, ammo u olgan jarohatlaridan vafot etgan.

Mavzuga doir:
AQShda bitta dvigatelli samolyot qulashi oqibatida ikki kishi halok bo’ldi
Bahrayn Isroil bilan tinchlik shartnomasini imzolaydi
AQShlik ayol bir asr oldin yuborilgan maktubni oldi