U hindistonlik raqibi bilan o’tkazgan jangda g’alabaga erishdi.

Foto: O’zbekiston boks federatsiyasi axborot xizmati

Iordaniyada davom etayotgan litsenzion turnirida hamyurtimiz jahon chempioni Mirazizbek Mirzahalilov (-57 kg) ham ilk jangini o‘tkazdi.

U hindistonlik Gaurav Solankiga qarshi ringga ko‘tarildi. Ushbu qarama-qarshilik g‘olibi chorak finalga yo‘l olar edi va deyarli Tokio yo‘llanmasiga yanada yaqin keldi. Chunki, bu vazn toifasida 6 ta yo‘llanma o‘ynalmoqda. Qolaversa, yurtdoshimiz joy olgan tarafda ikki kuchli raqib bo‘lsa, bittasi shu hind bokschisi edi. Ikkinchisi qozog‘istonlik Serik Temirjanov bilan esa yarim finalda to‘qnash kelishi mumkin.

Jang mobaynida raqibidan ustunlikka erishgan Mirzahalilov yakunda 4:1 hisobida zafar quchdi va navbatdagi bosqichga yo‘l oldi.