2020-yil 12-sentabr soat 23:30 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 46 850 (+129) nafarni tashkil etmoqda. Bu haqda Sog’liqni saqlash vazirligi xabar qilmoqda.

Yangi kasallanish holatlarining barcha 107 nafari Toshkent viloyatida hamda 22 nafari Toshkent shahrida tana harorati ko‘tarilganligi bois profilaktika maqsadida hamda koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Shu bilan birga, Zangiota tumanida yashagan 62 yoshli A.Sh. (erkak) hamda Yakkasaroy tumanida yashagan 85 yoshli A.X. (erkak), jami 386 (+2) nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etdi.

Bugun Toshkent shahrida 275 nafar, Toshkent viloyatida 156 nafar, Samarqand viloyatida 21 nafar, Namangan viloyatida 9 nafar, Buxoro viloyatida 8 nafar, Andijon viloyatida 7 nafar, Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida 4 nafardan, Farg‘ona va Xorazm viloyatlarida 2 nafardan bemor tuzaldi.

Shunday qilib, yurtimizda 43 511 (+488) nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (93 foiz) sog‘aygan.

Hozirda mamlakatimizda 2953 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda.