Fuqarolar pichoqlarni ustki kiyimlarining cho‘ntaklarida, avtomobil salonida saqlab yurishgan. Bu haqda Toshkent shahar IIBB axborot xizmati xabar qildi.

Foto: IIV axborot xizmati

Qayd etilishicha, sentabr oyining boshidan besh kun ichida fuqarolardan 304 ta pichoq va 4 bitalar topildi

Ba’zi fuqarolarda hatto ikki-uchtadan pichoqlar bo‘lgan. Aksariyat pichoqlar qo‘lda yasalgan bo‘lib, ro‘zg‘or ishlariga yaramaydi. Umuman olganda, yuqorida qayd etilgan barcha pichoqlar insonga zarar yetkazish maqsadida olib yurilgan.

11-sentabr kuni davomida Sergeli tumani IIO FMB xodimlari tomonidan bozorlarga, xiyobonlarga kelgan va ko‘chalarda yurgan 18 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan fuqarolardan 80 ta pichoqlar hamda bir nechta kastet va bitalar topilgan.

Mavzuga doir:
Toshkentda “Lacetti” avtomobili YPX xodimini urib yubordi
IIBB tizimida yangi tayinlovlar amalga oshirildi