“Day AZ” xabar berishicha, Ozarbayjon turizm assotsiatsiyasi tashabbusi hamda Turkiya yetakchi sayyohlik tashkilotlari qo‘llab-quvvatlovi asosida Turkiy davlatlar sayyohlik tashkiloti tuziladi.

Foto: Kazinform

Tashkilotni tuzishdan maqsad hamkorlikda turkiy dunyo turizm salohiyatidan yanada samaraliroq foydalanishdir, deyilmoqda.

Xabarga ko‘ra, ayni paytda tashkilotni tuzish yuzasidan boshqa turkiy mamlakatlar daxldor idoralari bilan muzokaralar olib borilyapti.

Mavzuga doir:
O‘zbekiston elchisi Ozarbayjon Prezidentiga ishonch yorliqlarini topshirdi
Ozarbayjon va Turkiya qo‘shma harbiy mashqlar o‘tkazadi
Ozarbayjon prezidenti Tashqi ishlar vazirini almashtirdi