Bugun, 12-sentabrdan Fransiyaning Parij va boshqa shaharlari ko‘chalarida yozgi ta’til paytida to‘xtab qolgan “sariq nimchalilar” norozilik namoyishlari qaytadan boshlandi. Bu haqda Zakon KZ yozmoqda.

Foto: RIA Novosti

OAV xabarlariga ko‘ra, namoyishchilar ko‘chalar infratuzilmasiga zarar yetkazib, chiqindi qutilarini yoqib yuborishgan.

Kun yarmiga borib politsiya va namoyishchilar o‘rtasida to‘qnashuvlar boshlanib ketgan. Politsiya ularga qarshi ko‘zdan yosh oqizuvchi granatalar qo‘llagan. Parijning o‘zida qo‘lga olinganlar soni 200 kishiga yetgan.

Mavzuga doir:
Fransiya Gretsiyani Turkiyadan himoya qilish uchun samolyotlarini uchirmoqchi
Fransiya Buxoroga gumanitar yordam jo’natadi
Fransiyada niqob taqish majburiy etib belgilandi