6 mart kuni Namangan viloyati hokimligida viloyat kardiologiya markazini modernizatsiya qilish bo‘yicha Avstriyaning “AME International GmbH” kompaniyasi bilan 10 million dollarlik shartnoma imzolandi. Bu haqida “Namangan haqiqati” xabar bermoqda.

Foto: Namangan haqiqati

Hujjat viloyat hokimi Xayrullo Bozorov va Avstriya kompaniyasi bosh direktori Xayns Messindjer tomonidan imzolandi.

Shartnomaga muvofiq, “AME International GmbH” kompaniyasi tomonidan Avstriyaning Yunikredit banki kredit mablag‘lari hisobiga viloyat kardiologiya markazini modernizasiya qilish va moddiy-texnik bazasini mustahkamlash uchun zamonaviy tibbiy jihozlar o‘rnatiladi.