Namangan viloyatida futbol mahorati maktabi yangidan qurib foydalanishga topshirildi. Bugun, 12-sentabr kuni ushbu maktabning ochilish marosimi boʻlib oʻtdi. Bu haqda Sport vazirligi xabar qilmoqda.

Foto: Sport vazirligi axborot xizmati

Tantanali marosimda Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vaziri Dilmurod Xamidullayevich Nabiyev, Namangan viloyat xokimi, Viloyat futbol assotsiatsiyasi prezidenti Xayrullo Haitbayevich Bozorov va viloyat sporti mutasaddilari ishtirok etishdi.

Tadbirda soʻzga chiqqanlar bugungi kunda Oʻzbekiston futbolini yangi bosqichga olib chiqish uchun amalga oshirilayotgan ishlarni alohida eʼtirof etishdi.

Mamlakatimiz futbolining har bir davrida Namanganning oʻziga xos iqtidorli futbolchilari mavjud boʻlgan. Ular turli yoshdagi terma jamoalardan tortib, milliy terma jamoamiz safida oʻnlab uchrashuvlarda oʻz mahoratlarini namoyish etishgan.

Mavzuga doir:
Namanganda Turkiya bilan hamkorlikda 36 yo‘nalishda xizmat ko‘rsatadigan tibbiyot markazi barpo etiladi
Xayrullo Bozorov “Nanay” qishlog‘ini ekoturizm markaziga aylantirishga qaratilgan qarorni imzoladi

Maʼlumot uchun, Namangan viloyati 1-sonli futbol mahorati maktabi qurilish ishlariga 5,5 mlrd. soʻm sarflangan boʻlib, har bir yosh toifasidagi jamoalarning muntazam ravishda mashgʻulotlar olib borishlari uchun barcha shart-sharoitlar yaratib berilgan.

Tadbir davomida Jismoniy tarbiya va sport vaziri Dilmurod Nabiyev Namangan viloyati hokimi Xayrullo Bozorovni viloyat sporti rivojida yoʻlidagi xizmatlari uchun “Jismoniy tarbiya va sport aʼlochisi” koʻkrak nishoni bilan taqdirladi.