Buyuk Britaniya va Yaponiya erkin savdo bo‘yicha kelishuvga erishdi, bu Brekzitdan keyingi birinchi yirik Britaniya savdo bitimi, deb xabar berdi Buyuk Britaniya savdo vazirligi. 

Foto: RIA Novosti

“Buyuk Britaniya Yaponiya bilan erkin savdo shartnomasini tuzdi, bu Buyuk Britaniyaning mustaqil savdo mamlakati sifatida birinchi yirik savdo bitimini belgilaydi va Yaponiya bilan tovar aylanmasini taxminan 15,2 milliard funtga oshiradi”, – deyiladi xabarda.

Tomonlar 11-sentabr, juma kuni ertalab Buyuk Britaniyaning savdo vaziri Liz Trass va Yaponiya tashqi ishlar vaziri Tosimitsu Motegi o‘rtasida bo‘lib o‘tgan videomuloqot paytida kelishuvga erishdi.

Mavzuga doir:
Yirik neft shirkati shamol energiyasi uchun $1,1 mlrd. sarmoya kiritmoqda
Amazon bu yil Buyuk Britaniyada 10 000 ta yangi ish o‘rnini yaratmoqchi
Britaniyada koronavirus haqida hazil qilishni taqiqlovchi yangi qoidalar joriy etildi