Mazkur YTH yuzasidan Nishon tumani IIB huzuridagi TB tomonidan tergovoldi surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

Foto: IIV YHXBB axborot xizmati

YHXBBning dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, joriy yilning 12-sentabr kuni soat 11:30 larda, Qashqadaryo viloyati, Nishon tumani hududidan o‘tgan 4K 333 “Nishon-Gres” avtomobil yo‘lining 5-kilometrida, haydovchi, 1994-yilda tug‘ilgan O.Q. “Gaz-5327” rusumli yuk avtomobilini boshqarib ketayotib, yo‘lning o‘ng tomonidan ketayotgan piyodani urib yubormaslik maqsadida qarama-qarshi yo‘lga chiqib, qarshisidan kelayotgan haydovchi, 2000-yilda tug‘ilgan Sh.T. boshqaruvidagi “Nexia” rusumli avtomobil bilan to‘qnashgan.

Natijada, “Nexia” rusumli avtomobil yo‘lovchisi 6 yoshli Sh.U. og‘ir tan jarohatlari olib voqea joyida vafot etgan. Ushbu avtomobil yo‘lovchilari 24 yoshli Sh.A. va 69 yoshli A.M. lar tan jarohati olib shifoxonaga yotqizilgan.

Mazkur YTH yuzasidan Nishon tumani IIB huzuridagi TB tomonidan tergovoldi surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

Mavzuga doir:
Bulung‘urda yo‘lda mast holda yotgan 20 yoshli yigitni “Nexia” bosib ketdi
Navoiyda YTHga uchragan mast velosipedchi shifoxonada vafot etdi
Kosonsoyda “Nexia” urib yuborgan piyoda shifoxonada vafot etdi

Ma’lumot o‘rnida, “Gaz-5327” rusumli yuk avtomobil haydovchisi O.Q. bir yil davomida ikki marotaba, “Nexia” rusumli avtomobil haydovchisi Sh.T. esa bir marotaba qoidabuzarlik sodir etgan.