Armaniston hukumati mamlakatda koronavirus pandemiyasi sababli joriy qilingan karantin muddatini 2021-yilning 11-yanvarigacha uzaytirishga qaror qildi. Joriy muddat 11-sentabr kuni yakuniga yetgan edi. 

Foto: RIA Novosti

Qaror juma kuni bo‘lib o‘tgan navbatdan tashqari yig‘ilishda qabul qilindi va rasmiy nashrdan so‘ng darhol kuchga kirdi.

“2021-yil 11-yanvargacha butun Armanistonda karantin joriy etiladi”, – deyiladi hukumat bayonotida.

Hukumat karantin dasturini ham tasdiqladi.

Shu vaqtga qadar Armanistonda 45 503 koronavirus infeksiyasi aniqlangan, 909 kishi vafot etdi.

Mavzuga doir:
Armaniston bosh vaziri YeOIIda chegaralar ochilishini muhokama qilishni taklif qildi
Ozarbayjon Armaniston AESiga raketa zarbasi berish bilan tahdid qildi

So’nggi ma’lumotlarga ko’ra, dunyoda 28 milliondan ortiq koronavirus virusi yuqtirilgan, ulardan 912 ming nafari infeksiya tufayli vafot etganlardir.