Holat yuzasidan Buxoro shahri bo‘yicha IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 165-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Foto: Tergov departamenti axborot xizmati

Buxoroda 36 yoshli U.R., 2018-yilning sentabr oyida 22 yoshli R.A., bilan internet ijtimoiy tarmog‘i orqali tanishib, u bilan yaqin munosabatlarda bo‘lib kelib, o‘zining uyali aloqa vositasida mavjud bo‘lgan R.A., ga tegishli shaxsiy fotosuratlarni uning oila a’zolariga ko‘rsatmaslik va internet tarmoqlarida tarqatmaslik evaziga R.A.,dan 1000 AQSh dollari pullarni talab qilib, R.A., uchun sir saqlanishi lozim bo‘lgan ma’lumotlarni oshkor qilish bilan qo‘rqitib, shu yilning 4-sentabr kuni soat 11:15 da Buxoro shahri B. Naqshband ko‘chasida R.A,dan tovlamachilik yo‘li bilan 500 AQSh dollari pullarni olayotgan vaqtida ushlangan va tegishli tartibda rasmiylashtirilgan.

Holat yuzasidan Buxoro shahri bo‘yicha IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan U.R., ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 165-moddasi 1-qismi (tovlamachilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Mavzuga doir:
Xorazmda giyohvand moddani 12 mln. so’mga sotayotgan ayol qo‘lga olindi
DXX korrupsiya va firibgarlik bilan bog‘liq qator holatlarga chek qo‘ydi
Moskvada o’zbekistonlik fuqaro o’z xotinini o’ldirishda ayblanib hibsga olindi

U.R., gumon qilinuvchi tariqasida jalb qilingan. Qo’shimcha qilinishicha, dastlabki tergov harakatlari davom ettirilmoqda.