Miya o‘tkir saratoni boshlanishidan oldin bemorning bitta geni yo‘qoladi. Ushbu xususiyatni Kaliforniya universiteti olimlari aniqlashdi.

Foto: Sputnik

Ayrimlarda SMARCB1 geni faoliyati to‘xtashi oqibatida nerv tizimida muammolar yuzaga keladi, bosh miyada o‘simta o‘sishi tezlashadi.

Kasallikning ushbu ko‘rinishi ko‘pincha uch yoshgacha bolalarda kuzatiladi. O‘smirlar va katta yoshlilarda kamdan-kam uchraydi. Bu bosh miya saratonining eng xavfli turi.

O‘simta o‘sishi juda tez kechadi, davolashning samarali usuli hanuz topilgan emas. Olimlar ushbu kashfiyot kasallikni yengish yo‘llarini topishda naf berishiga umid qilishmoqda.

Mavzuga doir:
Rossiyalik olimlar o‘pkaga sun’iy nafas berish apparatidan voz kechmoqchi
Mutaxassis plastik idishlardagi suvning xavfidan ogohlantirdi
Orzular roʻyobga chiqishi uchun ularni kimlar bilan oʻrtoqlashish kerak?