Hozirda holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda. Bu haqda Samarqand viloyati IIB axborot xizmati xabar qildi.

Foto: Sputnik

Kecha, 11-sentabr kuni Samarqand viloyati IIBga, 29 yoshli D. ariza bilan murojaat qilib, X.U. ismli shaxs, tanishining farzandini Toshkent shahridagi Harbiy sport kichik akademiyasiga o‘qishga kiritish evaziga 400 AQSh dollari miqdoridagi pullarni tamagirlik yo‘li bilan talab qilib kelayotganlini bildirib, X.U. ga nisbatan chora ko‘rishini so‘ragan.

Mazkur arizaga asosan, shu kunning o’zida Samarqand viloyati IIB JQB Korrupsiya va iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish bo‘limi hamda Departamentning Samarqand viloyati bo‘limi xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda, 1977-yilda Samarqand viloyatida tug‘ilgan, Toshkent shahar Yunusobod tumanida yashovchi X.U. ariza muallifidan 400 AQSh dollari miqdoridagi pullarni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

Mavzuga doir:
DXX korrupsiya va firibgarlik bilan bog‘liq qator holatlarga chek qo‘ydi
Zafarobod tuman hokimiyati xodimi $8000 bilan ushlandi
Buxoro Sog‘liqni saqlash boshqarmasi devonxona mudirasi $500 bilan ushlandi

Qayd etilishicha, hozirda holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.