“Yo‘lqurilish” AJ yagona aksiyadorining 2020-yil 11-sentabrdagi qarori bilan Yerniyazov Ruslan Muptullayevich mazkur jamiyat boshqaruv raisi etib tayinlandi.

Foto: RIA Novosti

Ma’lumot sifatida davlatimiz rahbarining 2019-yil dekabrdagi tegishli hujjatlariga ko‘ra, “Yo‘lqurilish” aksiyadorlik jamiyati tashkil etilishi belgilangan. Shunga muvofiq, joriy yil Davlat aktivlarini boshqarish agentligining tegishli buyrug‘iga asosan, “Yo‘lqurilish” AJ tashkil etilgan. Uning yagona aksiyadori sifatida Davlat aktivlarini boshqarish agentligi belgilangan.

Shuningdek, yagona aksiyadorning qarori bilan jamiyat kuzatuv kengashi tarkibi ham tasdiqlandi:

  • Bekenov Sunatulla Xusanovich – Davlat aktivlarini boshqarish agentligi direktori;
  • Nazarov Shuhrat Baxtiyorovich – Transport vazirligi huzuridagi Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi raisi o‘rinbosari;
  • Xolmurodov Nozimjon Qosimovich – Investitsiyalar va tashqi savdo vazirining o‘rinbosari;
  • Abidov Akmal Djurabayevich – Vazirlar Mahkamasi bosh mutaxassisi;
  • Arzikulov Nodir Shodiyevich – Davlat aktivlarini boshqarish agentligi departament boshlig‘i.

Ushbu tarkibda tasdiqlangan kuzatuv kengashining birinchi majlisida a’zolarning ko‘pchilik ovozi bilan kengash raisi etib, Bekenov Sunatulla Xusanovich saylandi.

Mavzuga doir:
Qoʻl jangi federatsiyasiga yangi rahbar saylandi
Ichki ishlar tizimida ham lavozim tayinlovlari amalga oshirildi
To‘qqizta tumanga DSI boshliqlari tayinlandi