Davlatimiz rahbarining joriy yil 6 mart kuni qabul qilingan “8 mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan mukofotlash to‘g‘risida”gi farmoniga muvofiq Vatanimiz ravnaqi, xalqimiz farovonligi, sog‘lom va barkamol avlod tarbiyasi, oila va jamiyat asoslarini mustahkamlash yo‘lidagi munosib xizmatlari uchun bir guruh xotin-qizlar yuksak unvon, orden va medallar bilan mukofotlandi. 4 martdagi Prezident qaroriga binoan esa yigirma sakkiz nafar faol qiz Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti bilan taqdirlandi. Bu haqida Prezident matbuot xizmati xabar bermoqda.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Bugun poytaxtimizda bo‘lib o‘tgan Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan bayram tadbirida ana shu yuksak mukofotlar tantanali ravishda topshirildi.

Foto: Prezident matbuot xizmati
Foto: Prezident matbuot xizmati

Shuningdek, joylarda onalik va bolalikni himoya qilish, yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash bo‘yicha namunali faoliyat olib borayotgan 287 nafar xotin-qizga “Mo’tabar ayol” nishonlari berildi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahri va viloyatlardan tashrif buyurgan xotin-qizlar, turli vazirlik va idoralar xodimlari to‘kin dasturxon atrofida bayramni nishonladi. Tadbirda mamlakatimizda faoliyat yuritayotgan chet ellik diplomat ayollar, xalqaro tashkilotlar vakolatxonalari vakillari ham ishtirok etdi.

Bayram katta konsert dasturi bilan yakunlandi.

Foto: Prezident matbuot xizmati
Foto: Prezident matbuot xizmati
Foto: Prezident matbuot xizmati