O‘zbekiston tashqi ishlar vazirligi Afg‘oniston hukumati va “Tolibon” o‘rtasidagi muzokaralar boshlanishiga munosabat bildirdi.

Tashqi ishlar vazirligi TIV
Foto: Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati

«O‘zbekiston Qatar poytaxti Doha shahrida Afg‘oniston hukumati va “Tolibon” harakati o‘rtasida inklyuziv muzokaralar boshlanganini olqishlaydi.

Umid qilamizki, afg‘onlararo muloqot o‘t ochishni barqaror to‘xtatishga olib keladi va natijada mamlakatda mustahkam va uzoq muddatli tinchlikni o‘rnatish uchun zarur shart-sharoitlarni yaratadi.

O‘zbekiston “siyosiy jarayonlar faqat afg‘onlar tomonidan va Afg‘oniston xalqi rahbarligida olib borilishi lozim”, degan asosiy tamoyilga sodiq qoladi.

O‘zbekiston Respublikasi tomonlarning milliy yarashuvga erishish yo‘lidagi sa’y-harakatlari va intilishlarini bundan keyin ham qo‘llab-quvvatlaydi hamda do‘st Afg‘oniston xalqiga barqaror va farovon davlat barpo etishda har tomonlama yordam ko‘rsatishda davom etadi» deyiladi xabarda.

Mavzuga doir:
Abdulaziz Komilov Sergey Lavrov bilan uchrashdi
O‘zbekiston delegatsiyasi Moskva shahrida ShHT TIVK yig‘ilishida ishtirok etdi
Moskvada O‘zbekiston va Qirg‘iziston tashqi ishlar vazirlari uchrashuv o’tkazdi

Eslatib o‘tamiz, joriy yil fevralda AQSh va “Tolibon” ham Doxada o‘zaro kelishuvga erishgan, Qo‘shma Shtatlar hukumat va harakat o‘rtasida vositachi bo‘lish majburiyatini olgan edi.