2020-yil 12-sentabr soat 10.00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 46 498 (+226) nafarni tashkil etmoqda. Bu haqda Sog’liqni saqlash vazirligi xabar qilmoqda.

Foto: Dunyo

Yangi kasallanish holatlarining 77 nafari Toshkent shahrida, 53 nafari Samarqand viloyatida, 30 nafari Toshkent viloyatida, 21 nafari Andijon viloyatida, 20 nafari Xorazm viloyatida, 8 nafari Buxoro viloyatida, 7 nafari Qashqadaryo viloyatida, 5 nafari Surxondaryo viloyatida, 3 nafari Navoiy viloyatida hamda 2 nafari Farg‘ona viloyatida tana harorati ko‘tarilganligi sababli profilaktika maqsadida hamda koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Shu bilan birga, Shayxontohur tumanida yashagan 69 yoshli V.T. (erkak) hamda Parkent tumanida yashagan 65 yoshli M.N. (ayol), jami 382 (+2) nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etdi.

Ayni paytda yurtimizda 43 023 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (93 foiz) sog‘aygan.

Hozirda mamlakatimizda 3093 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda.