Germaniyada yangi turdagi koronavirus bilan kasallanishning tasdiqlangan holatlari soni 684 kishiga yetdi, deya xabar beradi Robert Koch instituti ma’lumotlariga tayanib “Germania One” nashri.

Foto: DW com

Yuqumli kasalliklar epitsentri Shimoliy Reyn – Vestfaliyada saqlanib qolgan. U yerda 346 ta koronavirus infeksiyasi qayd etildi. Bavariyada 117 kishi, Baden – Vürtembergda 116 kishi kasal bo’lgani aytilmoqda.

Boshqa shaharlarda yuqumli kasalliklarning alohida holatlari qayd etilgan. Ayni paytda, faqat Saksoniya – Anhaltda hech kim koronavirusni aniqlamagan.