COVID-19 tarqalishining oldini olish maqsadida “Uzbekistan Airways” servis xizmatlariga ayrim o‘zgartirishlar kiritilganini ma’lum qildi.

Foto: Google

Barcha ekipaj a’zolari parvozdan oldin majburiy tibbiy tekshiruvi va harorat o‘lchovlaridan o‘tadilar. Butun parvoz davomida ular tibbiy niqob va himoya qo‘lqoplarida bo‘lishadi.

Har bir reysdan so‘ng samolyot maxsus vositalar bilan yaxshilab tozalanadi, yuza va ashyolarga ishlov beriladi.

Samolyotning yo‘lovchilar bo‘linmasida havo ventilyatsiyasi yuqoridan pastga aylanadi.

Bu esa boshqa qatordagi yo‘lovchilardan kimdir aksa urganda havo tomchilari boshqa yo‘lovchilarning nafas yo‘llariga tushmasligini ta’minlaydi.

Yo‘lovchilarning niqobda bo‘lishlari esa kichik zarrachalar tarqalishining oldini oladi.

“Uzbekistan Airways” aviakompaniyasi samolyotlari virus va bakteriyalarning 99,97 foizini ushlab qoluvchi zamonaviy NERA-filtrlari bilan jihozlangan.

Suv, quloqchinlar, oziq-ovqat, shuningdek biznes klass uchun yo‘l va bolalar to‘plamlari alohida o‘ramlarda beriladi.

Mavzuga doir:
Qirgʻiziston Oʻzbekiston bilan muntazam parvozlarni qachon tiklashi ma’lum qilindi
O‘zbekistondan Qozog‘istonga uchib borganlar uchun qanday cheklovlar mavjud?

Eslatib o’tamiz, bugundan O’zbekiston Qozog‘iston bilan muntazam aviaqatnovlarni rasman tiklagani haqida ham xabar qilingan edi.