Energetika vazirligi maxsus shtabi iste’molchilarni 2020—2021 yillarda kuz-qish mavsumida elektr energiyasi, tabiiy va suyultirilgan gaz hamda ko‘mir mahsulotlari bilan ta’minlash ishlarini tahlil qilish maqsadida vodiy viloyatlarida bo‘ldi. Bu haqda Energetika vazirligi xabar qildi.

Foto: Google

2020—2021 yillar kuz-qish mavsumida:

Andijon viloyati iste’molchilariga:

  • tabiiy gaz 5,4 foizga;
  • suyultirilgan gaz 70,8 foizga;
  • elektr energiyasi 10,5 foizga oshiriladi.

Farg‘ona viloyati iste’molchilariga:

  • tabiiy gaz 16,4 foizga;
  • suyultirilgan gaz 48,6 foizga;
  • elektr energiyasi 11,2 foizga oshiriladi.

Namangan viloyati iste’molchilariga:

  • tabiiy gaz 23,6 foizga;
  • suyultirilgan gaz 52 foizga;
  • elektr energiyasi 10,8 foizga oshiriladi.

Mavzuga doir:
Energetika vaziri Turkiya delegatsiyasi bilan muzokaralar o‘tkazdi
“Elektr energiyasi tariflari oshirilmaydi” – Energetika vazirligi