Rossiyaliklar mamlakatda koronavirus bilan kasallanganlar soni tobora ko‘payib borayotganidan xursand bo‘lishi kerak. Bu haqda koronavirus bilan bog‘liq vaziyat bo‘yicha axborot markazi rahbari, shifokor va teleboshlovchi Aleksandr Myasnikov “Pod’yem” nashri bilan suhbatda aytib o‘tdi.

Foto: Lenta

Uning tushuntirishicha, yengil va alomatsiz shakllari qancha ko‘p bo‘lsa, ommaviy immunitet shuncha tez hosil bo‘ladi.

Myasnikov musbat test natijalari soni faqat o‘sib borishini unutmaslikka chaqirdi, chunki koronavirus hech qayoqqa yo‘qolmaydi.

Shu bilan birga, bemorlarning og‘ir ahvoli, o‘lim darajasi va reanimatsiyadagi bemorlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar koronavirus xavfini baholashga yordam beradi, deydi doktor.

“Qolgan hammasi — shunchaki raqamlar”, — deb xulosa qilgan axborot markazi rahbari.

Uning fikricha, koronavirus Rossiyaning qariyb 20 milliondan ortiq aholisida alomatsiz kechgan. Shunga ko‘ra Myasnikov ommaviy immunitet faqat 2-3 yildan keyingina shakllanishini taxmin qilmoqda.

Mavzuga doir:
Mutaxassis plastik idishlardagi suvning xavfidan ogohlantirdi
Orzular roʻyobga chiqishi uchun ularni kimlar bilan oʻrtoqlashish kerak?
“Kovid” asoratlari va o‘lim omillari aniqlandi

So’nggi ma’lumotlarga ko’ra, dunyoda 28 milliondan ortiq koronavirus virusi yuqtirilgan, ulardan 908 ming nafari infeksiya tufayli vafot etganlardir.