Prezident Shavkat Mirziyoyevning qizi, Mass-media fondi Vasiylik kengashi raisi o‘rinbosari, O‘zbekiston Gender tengligini ta’minlash bo‘yicha komissiyasi a’zosi Saida Mirziyoyeva o‘g‘il farzandli bo’ldi.

Foto: Saida Mirziyoyeva Telegram-kanali

“Barchamiz uchun hali-hamon qiyin bo‘lsa-da, hayot davom etmoqda. Odamlar to‘ylarda xursandchilik qilmoqda, bolalar dunyoga kelmoqda. Biz ham ko‘payishdik — jajji Shavkatjon, bizning quyoshimiz.

Biz u bilan yaqinda tanishdik, lekin birinchi uchrashuvimizdayoq o‘rtada shunchalar kuchli muhabbat paydo bo‘ldiki, biz kuniga 24 soat birga bo‘lamiz 🙂 Onalar buning nima ekanini bilishadi.

Men esa muhabbatning ayollarga barcha dilxiraliklarga dosh berishi va kechirishiga yordam beruvchi kuch ekani haqida o‘ylayman.

Baxtli va eng yaxshi damlarni kutish, bolalar o‘sib-ulg‘ayguncha yonida bo‘lish, ularga tayanch bo‘lish va keyin tin olish mumkin. Nima qilsak ham, bizni doim muhabbat boshqaradi”
, – deb yozadi Mirziyoyeva o’zining Telegram-kanalida.