Tashkilotning fikricha, bir necha yil ichida ushbu kasallik nazoratga olinishi mumkin, deb yozmoqda TASS.

Foto: Telegram

“Ayni paytda biz pandemiya qachon tugashini bilmaymiz, ammo global sa’y-harakatlar va zamonaviy texnologiyalardan foydalangan holda ushbu pandemiya bir necha yil ichida nazorat ostiga olinishi mumkin deb o‘ylaymiz”, – deya ta’kidlagan Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti matbuot xizmati.

JSST pandemiya boshlangandan beri ushbu koronavirusning yuqumliligi o‘zgarmaganini ma’lum qildi.

Tashkilot shuningdek, SARS-CoV-2 “hali ham yangi virus bo‘lsa-da, u haqda allaqachon ko‘p narsa ma’lum, ushbu ma’lumot pandemiyaga samarali javob berish uchun ishlatilishi mumkin”, – deya qo‘shimcha qildi.

Mavzuga doir:
JSST koronavirusni qayta yuqtirish haqidagi xabarlarni izohladi
JSST koronavirus mutatsiyalarini aniqlash uchun maxsus ishchi guruh tuzdi

So’nggi ma’lumotlarga ko’ra, dunyoda 28 milliondan ortiq koronavirus virusi yuqtirilgan, ulardan 908 ming nafari infeksiya tufayli vafot etganlardir.