Avstriya dushanba kunidan boshlab ommaviy tadbirlar va restoranlarda niqob taqish va ijtimoiy masofani saqlash talablarini kuchaytiradi. Bu haqda Reuters xabar qilmoqda.

Foto: RBK

Haftaning birinchi kunidan boshlab, do‘konlarda, jamoat transportining barcha turlarida va maktab sinf xonalari tashqarisida niqob taqish majburiy etib belgilanadi.

Shaxsiy tadbirlar, yopiq joylarda 50 ta va ochiq xavoda 100 ta ishtirokchi bilan cheklanadi.

Mavzuga doir:
O‘zbekistonning Avstriyadagi elchisi tayinlandi
Avstriyada 95 yoshli otaxon koronavirusdan sog’ayib ketdi
Avstriyada COVID-19 sababli barcha mehmonxonalar yopilmoqda

So’nggi ma’lumotlarga ko’ra, dunyoda 28 milliondan ortiq koronavirus virusi yuqtirilgan, ulardan 908 ming nafari infeksiya tufayli vafot etganlardir.