Bugundan e’tiboran “Uzbekistan Airways” va “Air Astana” aviakompaniyalari ushbu yo‘nalishda parvozlarni bajarishni boshladi. Bu haqda Transport vazirligi xabar qilmoqda.

Foto: Transport vazirligi axborot xizmati

Transport vazirligi Qozog‘iston aviatsiya ma’muriyati bilan xalqaro muntazam yo‘lovchi aviaqatnovlarini tiklash bo‘yicha olib borgan muzokaralar yakuniga ko‘ra “Uzbekistan Airways” va “Air Astana” aviakompaniyalariga sentabr oyidan boshlab paritet tamoyili asosida Toshkent–Olmaota–Toshkent yo‘nalishida muntazam parvozlarni bajarishni boshlash bo‘yicha kelishuvga erishilgan edi.

Qayd etilishicha, mazkur yo‘nalish bo‘yicha qatnovlar haftaning juma kunlari amalga oshiriladi.

Bugundan e’tiboran “Uzbekistan Airways” va “Air Astana” aviakompaniyalari ushbu yo‘nalishda parvozlarni bajarishni boshladi.

“Air Astana” aviakompaniyasining Olmaota – Toshkent – Olmaota yo‘nalishida parvozni amalga oshirigan samolyot bugun soat 12:40 da Islom Karimov nomidagi “Toshkent” xalqaro aeroportiga kelib qo‘ndi.

Mavzuga doir:
Qirgʻiziston Oʻzbekiston bilan muntazam parvozlarni qachon tiklashi ma’lum qilindi
Samarqand – Lvov o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnov yo‘lga qo‘yiladi
O‘zbekistondan Qozog‘istonga uchib borganlar uchun qanday cheklovlar mavjud?

Qo’shimcha qilinishicha, ushbu yo‘nalish bo‘yicha uchish istagida bo‘lgan yo‘lovchilar batafsil ma’lumotlarni aviakompaniyalarning rasmiy veb-saytlaridan olishlari mumkin.