Kecha, 10-sentabr kuni Namangan viloyatining Chortoq tumanida YTH sodir bo‘ldi. Bu haqda O‘zbekiston FVV matbuot xizmati xabar berdi.

Foto: FVV axborot xizmati

Keskin burilishda “Cobalt” haydovchisi boshqaruvni yo‘qotib, avtomobil bir necha marta ag‘darilgan va yaqin atrofdagi “Namangan” kanaliga tushib ketgan.

“Avtomobil ag‘darilgan vaqtdagi kuch haydovchini mashinadan uloqtirib yuborgan va u voqea joyida vafot etgan”, – deyiladi xabarda.

Shuningdek, mashina salonida yana bir nafar ayol kishi bo‘lgan. U suv ostida qolgan mashinadan xavfsiz chiqib ketishga muvaffaq bo‘lgan.

Voqea joyiga Namangan viloyati FVB qutqaruvchilari yetib borib, tegishli amaliy choralar ko‘rilgan.

Qo’shimcha qilinishicha, jabrlanuvchi kasalxonaga yotqizilgan. Mashina esa maxsus texnikalar yordamida kanaldan olib chiqilgan.

Mavzuga doir:
Kosonsoyda “Nexia” urib yuborgan piyoda shifoxonada vafot etdi
Jizzaxdagi ayanchli YTH ikki kishining umriga zomin bo‘ldi
Toshkentda “Lacetti” avtomobili YPX xodimini urib yubordi