Kecha, 10-sentabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari Sardor Umrzoqov Pokiston Islom Respublikasi dengiz ishlari bo‘yicha federal vaziri Ali Haydar Zaidi bilan muzokaralar o‘tkazdi.

Foto: Uznews

Ma’lum qilinishicha, tomonlar O‘zbekiston va Pokiston tovarlarining har ikki mamlakat bozorlariga erkin kirishining ta’minlanishi o‘zaro savdo aylanmasi ko‘rsatkichlarining sezilarli darajada o‘sishiga xizmat qilishi to‘g‘risida yagona fikrga kelgan.

Shu yo‘nalishda Pokiston tomoni O‘zbekiston “Gvadar”, “Karachi” va “Qosim” portlarining rivojlangan infratuzilmasidan foydalanishi uchun maqbul shart-sharoitlarni birgalikda ishlab chiqishda maslahat va texnik yordam ko‘rsatishga tayyorligini bildirdi va buning uchun yaqin kelajakda Pokistonga transport sohasidagi bir guruh o‘zbekistonlik ekspertlar yuboriladi.

Mavzuga doir:
Rossiya va Oʻzbekiston savdo-iqtisodiy hamkorlik haqida yangi memorandum imzoladi
Farg’ona va Koreya o’rtasida 285 mln. dollarlik investitsiya kelishuvi imzolandi
Koreya Eksimbanki Oʻzbekistondagi qator loyihalarni moliyalashtirmoqchi