Bugun tongda Iordaniyaning Ez-Zarqa shahrida dahshatli portlash yuz berdi, deb xabar berdi Petra axborot agentligi.

Foto: RIA Novosti

Iordaniya davlat axborot vaziri Amdjad Adayle muddati o‘tgan o‘q-dorilar omborida portlash sodir bo‘lganligini tasdiqladi. Ombor qurolli kuchlarga tegishli. Ombor odam yashamaydigan joyda joylashgan.

Tergovning dastlabki natijalariga ko‘ra, portlash qisqa tutashuv natijasida sodir bo‘lishi mumkin.

Bosh qo‘mondonlik ma’lumotlariga ko‘ra, portlash natijasida hech kim jabrlanmagan.

Mavzuga doir:
Bayrut portida yana kuchli yong’in kelib chiqdi
Damashq yaqinida gaz quvuri portlashi oqibatida Suriya elektrsiz qoldi
Bayrut portidagi portlash oqibatida halok bo’lganlar soni 170 dan oshdi

Shuningdek, sal avval Xitoyning Chjuxay shahridagi mehmonxona yaqinida portlash sodir bo’lgani haqida ham xabar qilingan edi.