So‘nggi sutkada (10-sentabr) jahon bo‘yicha koronavirusni yuqtirish bo‘yicha 300 mingtadan ortiq holat qayd etildi. Bu pandemiya davridagi eng katta ko‘rsatkichdir.

Foto: RIA Novosti

Jahonda pandemiya boshlanganidan beri koronavirusni yuqtirganlar jami soni 28 347 771 nafarga yetdi.

“Worldometer” ma’lumotiga ko‘ra, so‘nggi sutkada 302 570 nafar yangi bemor ro‘yxatga olingan — pandemiya davrida hali bunchalik yuqori ko‘rsatkich qayd etilmagandi.

Sutka davomida eng ko‘p bemorlar qayd etilgan mamlakatlar:

  1. Hindiston — 96 760
  2. Braziliya — 40 431
  3. AQSh — 38 811
  4. Argentina — 11 905
  5. Ispaniya — 10 764
  6. Fransiya  — 9 843
  7. Kolumbiya — 7808
  8. Peru — 7 291
  9. Rossiya — 5 363
  10. Meksika — 4 647.

Mavzuga doir:
Jahonda koronavirus qurbonlari soni 900 000 dan oshdi
294 000 – Dunyo bo’ylab koronavirusdan kunlik rekord holat qayd etildi

Portalning so’nggi ma’lumotlariga ko’ra, jahon bo‘yicha jami tuzalganlar soni — 20 353 461 nafar, qurbonlar soni — 914 165 nafar.