Ular jangni hozirdan boshlab yuborishganga o’xshaydi.

Foto: Habib Nurmagomedov va Toni Fergyuson

UFC promousheni yengil vazn toifasi chempioni Habib Nurmagomedov va amerikalik Toni Fergyuson o‘rtasida jang tashkillashtirayotganidan xabaringiz bor.

Ushbu bellashuv 18 aprel kuni o‘tkaziladi. Bundan oldin esa 6 mart kuni sportchilar ishtirokida dastlabki matbuot anjumani o‘tkazildi. Ushbu tadbirdan so‘ng jangchilar o‘zaro ko‘z urishtirish marosimida ham ishtirok etishdi.

Unda kutilmaganda rossiyalik sportchi raqibining kamarini tepib tashladi. Quyida bunga o‘zingiz guvoh bo‘lishingiz mumkin.