Mazkur YTH yuzasidan tergovoldi surishtiruv ishlari olib borilmoqda. Bu haqda IIV YHXBB axborot xizmati xabar qildi.

Foto: IIV axborot xizmati

Joriy yilning 10-sentabr kuni soat 00:20 larda, Namangan viloyati, Kosonsoy tumani hududidan o‘tgan 4R 114 avtomobil yo‘lining 15-kilometrida haydovchi, 1978-yilda tug‘ilgan X.D. “Nexia” rusumli avtomobilni Kosonsoy tumani, Beshketmon MFY hududida boshqarib ketayotib, harakat xavfsizligini ta’minlay olmasdan yo‘lni kesib o‘tayotgan piyoda, 1954-yilda tug‘ilgan G‘.E.ni urib yuborgan.

Natijada, piyoda 66 yoshli G‘.E. og‘ir tan jarohatlari olib shifoxonada vafot etgan.

Mavzuga doir:
Jizzaxdagi ayanchli YTH ikki kishining umriga zomin bo‘ldi
Farg’onada yuk mashinasi bosib ketgan 6 yoshli bola vafot etdi
Chustda “BMW” ishtirokidagi YTHda ikki yo’lovchi halok bo’ldi

Qayd etilishicha, mazkur YTH yuzasidan tergovoldi surishtiruv ishlari olib borilmoqda.