Aleksey Navalniy yana tilga kirishi, ehtimol, samolyotda ahvoli yomonlashgan paytda nima yuz berganini eslashi mumkin, deb yozadi “Spiegel”.

Foto: RIA Novosti

Nashrning ma’lum qilishicha, blogerning ahvoli kundan-kunga yaxshilanmoqda. Yaqin kunlarda ko‘proq mehmonlarni qabul qila olishi kutilmoqda. Hozircha uning yoniga faqat rafiqasi va shifokorlarni kiritishyapti.

Avvalroq “Spiegel” o‘z manbasiga tayanib, Berlin politsiyasi Navalniyni qo‘riqlayotgan odamlar sonini ko‘paytirgani to‘g‘risida xabar bergandi.

Faqat “RIA Novosti” tahririyati jurnal bu ma’lumotlarni qayerdan olganini bilmasligini ma’lum qildi.

Rossiya prokuraturasi va politsiyasi Navalniy shifoxonaga yotqizilgan kundan boshlab tekshiruv ishlarini boshlab yuborishgan.

Eslatib o’tamiz, 20-avgust kuni ertalab Aleksey Navalniy Tomskdan Moskvaga parvoz paytida samolyotda sog‘lig‘i yomonlashgan. Samolyot Omskka favqulodda qo‘ngan, janob Navalniy kasalxonaga yotqizilgan.

Mavzuga doir:
Zaharlangani aytilgan Navalniy samolyotda Germaniyaga olib ketildi
Navalniy zaharlanishi ortidan Rossiyaga qarshi sanksiyalar qo‘llanishi mumkin
Navalniy Merkelning mehmoni deb tan olindi