Shu yilning noyabr oyidan Jizzaxdagi yangi zavodda KIA K5 va Seltos modellarini ishlab chiqarish ishlari boshlanadi. Bu haqda “Gazeta” nashri xabar bermoqda.

Foto: Gazeta

Qayd etilishicha, kelgusida jahon brendlarining boshqa moddellarini ham ishlab chiqarishi kutilayotgan ADM-Jizzakh zavodining ishlab chiqarish quvvati birinchi bosqichda yiliga 25 000 avtomobilni, keyinchalik esa 100 000 avtomobilni tashkil etishi rejalashtirilgan.

Zavod avval-boshdanoq multibrendli xususiyatga ega bo‘lishi ko‘zda tutilgan — kelgusida u yerda jahonga mashhur qator brendlar avtomobillarini ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yiladi. O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan avtomobillar hamkor dilerlik tarmoqlari orqali MDH davlatlariga eksport qilinadi.  

Mavzuga doir:
Jizzaxdagi ayanchli YTH ikki kishining umriga zomin bo‘ldi
Jizzaxda “simob”ni $17 500 ga pullayotgan shaxs ushlandi
Jizzaxda 2022-yilda marmar goʻsht yetishtirila boshlanadi