Foto: Google

Italiyalik ayol tish milkida soch oʻsayotgani haqida shikoyat bilan shifokorlarga murojaat qildi. RIA Novosti xabariga asosan.

Bu holat haqida Oral Surgery, Oral Medicine, Oral Pathology and Oral Radiology maqola chop etilgan.

Ayol birinchi marta 2009 yilda shifokorlarga murojaat qilgandi. Oʻsha vaqtda uning tanglayida kiprikka oʻxshash tuk oʻsib chiqqandi. Tibbiyot xodimlari bu paytgacha shunga oʻxshash hodisani besh marta qayd etishgan boʻlib, hammasi erkaklarda kuzatilgandi.

Keyin shifokorlar bemorga polikistoz tuxumdonlar sindromi tashxisini qoʻyishdi: koʻpincha tana va yuzda ortiqcha tuk oʻsa boshlaydi.

Ayoldagi ortiqcha tuklar jarrohlik yoʻli bilan olib tashlandi va gormonal preparatlar tayinlandi. Muolaja maʼlum vaqtgacha yordam berdi, biroq bir necha yillardan soʻng tuk oʻsishi yana avj oldi.

Bir muncha vaqt davolanish yordam berdi, ammo yillar oʻtib, sochlar yana koʻp miqdorda koʻpayib ketdi.