Foto: Daryo.uz

Koronavirus tarqalishi epidemiologik xususiyatlarining tahlili shuni koʻrsatdiki, bemorlar orasida bolalar deyarli yoʻq. New England Journal of Medicine jurnalida tadqiqot natijalari chop etilgan.

Tadqiqot davomida Uxanda yangi koronavirus bilan birinchi 425 ta kasallanish holati toʻgʻrisidagi maʼlumotlar toʻplangan. 95 foiz bemorlarda alomatlar birinchi 12 kundan soʻng paydo boʻldi, oʻrtacha inkubatsiya davri 5,2 kun. Dastlab bosqichlarda bemorlar soni har 7,4 kunda ikki baravar koʻpayib bordi, keyin surʼatlar pasaydi.

Uxanda kasallanganlar orasida birorta 15 yoshdan kichik boʻlgan bola aniqlanmadi.

Olimlarning fikriga koʻra, bu bolalarning infektsiyaga kamroq moyil boʻlishi yoki ularning alomatlari kattalarga qaraganda yengilroq koʻrinishida boʻlishi mumkin. Bugungi kunda bemorlarning oʻrtacha yoshi 59 yoshni, ularning 56 foizi erkaklar tashkil qiladi.

“Biz koʻrgan narsalar va tushunarsiz sabablarga koʻra, virus birinchi navbatda kattalarga taʼsir qiladi. Ehtimol, biz barcha maʼlumotlarni koʻrmayapmiz, chunki Xitoydan kelgan hisobotlar bolalar shifoxonalariga emas, balki faqat katta yoshdagi bemorlarga tegishli”, – tibbiyot mutaxassis Richard Martinello degan soʻzlarini keltiradi ScienceAlert portali.

Olimlar taʼkidlashicha, bolalar kamroq moyilligi koronavirus infektsiyasining oldingi ikki holatida – SARS-CoV atipik pnevmoniya va MERS-CoV Yaqin Sharq sindromida qayd etilgan.